Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

2020-2025 yillarda O‘zbekistonda matematika fanlari bo‘yicha ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish, iqtidorli yoshlarni keng miqyosda jalb qilishning maqsadli dasturi tasdiqlanadi.

Maqsadli dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilg‘or xorij tajribasi asosida ilk matematik tasavvurlarni shakllantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini joriy qilish;

maktabgacha ta'lim tashkilotlarini matematikaga oid interaktiv didaktik o‘yinlar hamda multimediyali mahsulotlari bilan ta'minlash;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;

matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida yoshlar ishtirokini ta'minlash;

matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta'lim muassasalarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish va ta'lim berish sifatini oshirish;

matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;

matematika sohasida ta'lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi universitet hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish.

Maktabgacha ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:

maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilk matematik tasavvurlarni xorijiy tajribaga muvofiq shakllantirishni tashkil etish;