Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 16 martdan respublikadagi barça ta'lim muassasalarida ta'til e'lon qilingani munosabati bilan boğça bolalar va boşlanğiç sinf öquvçilari ota-onalariga ta'til berilişi tartiblari böyiça izoh berdi.

Ota-onalar karantin sabab maktabgaça ta'lim muassasasiga bora olmayotgan, belgilangan muddatdan vaqtli ta'tilga çiqqan öquvçi-farzandlariga qarovni amalga oşiriş ularning mehnat munosabatlariga qay tarzda ta'sir ötkazişi, bunda ularga imtiyozlar beriş-berilmasligi bilan qiziqqan. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuzaga kelayotgan holatlar böyiça quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Farzandi maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyalanuvçi yoxud boşlanğiç sinf öquvçisi bölgan, işlaydigan ona yoki otaga iş beruvçi va xodim örtasidagi kelişuvga köra, foydalanilmagan yillik mehnat ta'tili (Mehnat kodeksi 133-modda) ta'tillar jadvalidan qat'iy nazar beriladi. 

Agar xodim yillik mehnat ta'tilidan avval foydalangan bölsa yoki karantin tadbirlari ötkazilayotgan davrda yillik mehnat ta'tilidan foydalaniş istagini bildirmasa, yoki birinçi iş yilida yillik mehnat ta'tilini oliş uçun zarur bölgan iş staji (olti oydan kam bölmagan mehnat faoliyati)ga ega bölmasa, (Mehnat kodeksi 143,144-modda) iş beruvçi tomonidan xodimlarga ularning roziligi bilan iş haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi (Mehnat kodeksi 150-modda) yoki ular iş vaqti töliq bölmagan (Mehnat kodeksi 119-modda) işga ötkaziladi. Bunda işlangan iş vaqtiga mutanosib ravişda iş haqi tölanadi.

Şuningdek karantin tadbirlari davrida iş beruvçi xodim (ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati çeklangan şaxslar, surunkali kasalliklarga çalingan şaxslar)ni ularning roziligi bilan masofaviy (distansion) mehnat va kasanaçilik asosidagi mehnatga ötkazişi mumkin.

Bunda xodim tomonidan masofaviy mehnat doimiy iş joyidan taşqarida, texnik vositalar (kompyuter, aloqa vositalari, şu jumladan Internetga ulaniş va h.k.) mavjud bölgan taqdirda elektron hujjatlar almaşinuvidan foydalangan holda yölga qöyiladi. Kasanaçilik asosidagi   mehnat esa qonunçilikda örnatilgan tartibda amalga oşiriladi.