Uzbekistan Airways mart oyida bekor qilingan Moskvadan Toşkentga va Özbekistonning boşqa şaharlariga bölgan qatnovlarga çiptalarni xarid qilgan yölovçilarga ma'lumot bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, 2020 yil 17 mart kuni Toşkent-Moskva-Toşkent yönalişi böylab çet el fuqarolarini Moskvaga va Özbekiston fuqarolarini Moskvadan Toşkentga olib çiqiş uçun qatnov amalga oşiriladi. Toşkentdan ketiş vaqti — soat 10:00da, Moskvadan — soat 13:00da (mahalliy vaqt bilan).

Bildirilişiça, tuşunmovçiliklarni bartaraf etiş uçun birinçi navbatda 16, 17 mart kunlari bekor qilingan qatnovlarning yölovçilari qabul qilinadi.

Uşbu reys bilan Toşkentga kelgan yölovçilar kelişi bilan vaqtinça joylaştiriş punktiga jönatiladi. Şu munosabat bilan ularni Toşkent şahri aeroportida kutib olmaslik söralgan.

Yölovçilarning vaqtinça joylaştiriş punktida turişi masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining boş qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkin ekani aytiladi.