Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Vazirning aytişiça, hozirda OTMlardagi kafedralarga 50 foiz öqituvçilari ta'tilga çiqarib yuboriş böyiça tavsiya xatlari yuborilgan.

«Özbekistondagi karantin tadbirlarining qança muddat davom etişini inobatga olib, öqituvçilarning keyingi qismi ham ta'tilga çiqarilişi mumkin. Bunda balki öqituvçilar yetişmovçiligining oldini oliş maqsadida ularga 24 kundan ikki marta ta'til berilar», – dedi Majidov 17 mart kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Ma'lumot uçun, öqituvçilar oladigan ta'til 48 kunni taşkil qiladi.

Vazirning sözlariga köra, yozgi dars jarayonlarida öqituvçilarni yetkaziş nuqtayi nazaridan vazirlik tomonidan barça prognozlarni işlab çiqilmoqda.

«Nega hozir 50 foiz öqituvçini biz ta'tilga yuboryapmiz? Çunki uning kafedrada qiladigan işi judayam köp.

Birinçidan, özi odatda aprel oyidan boşlab öqituvçi keyingi öquv yili uçun materiallarini tayyorlaşi kerak. Şuning uçun aprel oylaridan oliy öquv yurti keyingi öquv yilini rejalaştirişni boşlaydi.

Bunda keyingi öquv yilida qaysi öqituvçining qaysi fanlardan dars berişini aniqlaş boşlanadi. Bu aniq bölgaç, öqituvçi uning dasturini işlab çiqişi kerak. Bundan taşqari, işçi öquv dasturi, özi dars beradigan fani böyiça materiallarni töplaşi kerak.

Oliy ta'limda bir xil materialni har yili berib bölmaydi.

Mana hozirgina Şerzod aka aytganidek (Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov nazarda tutilmoqda – tahr.), ta'lim muassasalaridagi texnik xodimlar olib qolinadi. Ular muassasadagi hozirgi holatni saqlab turiş uçun qoldiriladi», – dedi Inom Majidov.