Avvalroq, Farğona viloyatidan haydovçilar Toşkent şahrida tahsil olayotgan talabalarni bepul qaytarayotgani e'lon qilingandi.

Bugun surxondaryolik bir neça fuqaro Toşkentdan talabalarni bepul olib keliş uçun öz maşinasida yölga çiqmoqda. Bu savob işga qöşiluvçilar soni ortib boryapti.

Ana şunday savobtalab haydovçilardan biri Jamşid Bahromov bilan telefon orqali suhbatlaşdik.

«Angor tumanida yaşayman. Institutlarda öqiş vaqtinça töxtatilgaç, talabalarimiz Toşkentdan kelolmayotgani haqida internetda öqib qolgandim. Darrov ularga yordam beriş fikri tuğildi. Bu orada Surxondaryodagi ayrim taksi haydovçilar şu işga qöl urayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda öz telefonlarini qoldirayotganini körib men ham talabalar körib qolar degan umidda telefon raqamimni tarqatdim (biz ham Jamşid Bahromovni ana şu raqamdan topdik — tahririyat). Tez orada 7 kişi böldik. Keçaga undan ham oşsak kerak. Ertalabgaça nasib etsa Toşkentga yetib borib talabalarni beminnat olib kelamiz», — deydi u.

Qaşqadaryoda esa endi viloyat, tuman hokimliklari, boşqarmalar xizmat maşinalari ham şu maqsad uçun Toşkentga yöl olmoqda.

Avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan talabalar bepul uylariga yetkazilişi haqda xabar berilgandi.

Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, viloyat hokimligi, korxona va taşkilotlarning ham xizmat avtomobillari bu işga jalb etilgan.

Şu maqsadda 20 ta avtobus, 4 ta mikroavtobus va 100 ga yaqin yengil avtomobillar töplangan. Talabalar IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi mas'ullari hamrohligida Toşkentdan olib kelinadi.  

Mazkur xabar e'lon qilinişi oldidan ibrat olsa arziydigan yana qator ma'lumotlar yetib kelmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar