Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik masalasini muhokama qildi
Ikki davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashda hamkorlik qilish masalasini muhokama qilishgan.

Bugun, 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashishni ta'minlash va uning ikki tomonlama aloqalarga salbiy ta'sirini oldini olish maqsadida hukumatlar darajasida samarali hamkorlik qilish muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqot so‘ngida Prezidentlar bir-birini hamda qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarini kirib kelayotgan bahor, baxt-saodat va yangilanish ayyomi - Navro‘z bilan samimiy qutladilar.
Ushbu fayzli bayram asrlar osha mustahkam do‘stlik, tarixi va madaniyati mushtarakligi, tili, an'ana va urf-odatlari o‘xshashligi bilan chambarchas bog‘langan xalqlarimiz ma'naviy hayotining ajralmas qismi ekani qayd etildi.
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, ezgulik va farovonlik tiladi. Bugungi mushkul davrda Turkmaniston har tomonlama ko‘maklashishiga va yangi xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishga tayyor ekani alohida ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon chempionatiga chiqish O‘zbekistonga qancha daromad keltiradi?
Sport | 16:12
-
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi
O‘zbekiston | 16:05
-
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor
Jahon | 15:47
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025