Turonbankning drayveri hisoblanmiş zamonaviy ofislari yana 11 taga köpayib, ularning soni 36 taga yetibdi. Asosiy maqsad esa yurtimizning çekka şahar-u qişloqlarida istiqomat qilayotgan yurtdoşlarimizning ehtiyojini tölaqonli qondiriş, muşkulini oson va uzoğini yaqin qilişdir.
Hozirga qadar respublika miqyosida şunday ofislarning 25 tasi faoliyat körsatgan edi. Ularga quyidagilar qöşildi. Xususan, Qarşida “Koson”, Navoiyda “Xatirçi” va “Navbahor”, Namanganda “Çorsu”, Samarqandda “Marhabo” hamda “Bulunğur”, Surxondaryoda “Qumqörğon”, “Denov”, Farğonada “Ma'rifat”, Xorazmda esa “Al - Xorazmiy” va “Xonqa”.



Uşbu hududlarda aholiga barça turdagi zamonaviy bank xizmatlari körsatiladi. Şuningdek, zamonaviy bankomat va infokiosklar orqali 24/7 rejimida milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablağlarini naqdlaştiriş, turli tölovlarni haftaning istalgan kuni, har qanday vaqtida amalga oşiriş ham mumkin.


Bundan taşqari, uşbu ofislarda mijozlarni “Face ID” texnologiyasi orqali avtomatik indentifikatsiyalaş tizimi joriy etilgani, odamlarning ham vaqtini tejaydi ham ortiqça ovoragarçiliklarga çek qöyadi. Qolaversa, Turonbank uşbu ofislarning yangi mijozlari uçun maxsus “Ofis” nomli tarif rejasini ham işlab çiqdi va “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqini hisob raqam oçilgan sanadan e'tiboran bir yil davomida bepul etib belgiladi.


“Bank mijoz uçun işlaşi kerak”. Uşbu tamoyilning hayotda neçoğlik öz ijrosini topayotganini Turonbank faoliyatida köriş mumkin. Zero, moliya muassasasi mamlakatimiz taraqqiyoti yölida odamlarimizning sobit hamkoriga aylanmoqda.
Ma'lumot uçun:











