Rubl koronavirus pandemiyasi va neft narxlarining pasayişi natijasida arzonlamoqda. Hozirda dollar va yevro kurslari 2016 yilgi körsatkiçlarni qayd etmoqda. Neftning bir barreli narxi 27 dollardan tuşib ketdi.

Rossiyaning yirik kompaniyalari aksiyalari ham arzonlaşmoqda: ayniqsa "Aeroflot" aksiyalari narxi keskin tuşib ketdi (11 foizdan ortiqroq).  

Şuningdek, "Lukoyl", "Rosneft" va "Surgutneftegaz" aksiyalari narxi ham arzonlaşdi.

Şu bilan birga, "Lenta" va "Magnit" kabi oziq-ovqat tarmoqlarining aksiyalari qimmatlaşdi. Bunga vahimada qolgan rossiyaliklarning dökonlar peştaxtalarini böşatişlari sabab böldi.

Nordea ekspertlarining qayd etişiça, neft narxi 20-30 dollar atrofida bölganida dollar kursi 75-82, yevro kursi esa 83-90 rubl atrofida böladi.

"BKS Broker" eksperti Albert Koroyevning fikriça, Rossiya valutasi va aksiyalarining qulaşiga neftning arzonligi emas, balki koronavirus bilan boğliq sarosima sabab bölmoqda.

Hukumat nima demoqda?

Rossiya boş vaziri örinbosari Andrey Belousov Rossiya valuta bozori yetarliça muvozanatlaşgani, rubl mustahkamligini saqlab turganini aytdi.

Ammo moliya vaziri Anton Siluanov unçalik ham nekbin fikr bildirmadi. Uning sözlariga köra, hukumat 2020 yilgi makroiqtisodiy prognozdan oğib ketmoqda: bu yil budjetda defitsit böladi, milliy farovonlik fondi mablağlarini işga solişga töğri keladi.

Vazirning sözlariga köra, iqtisodiyotning qator sektorlari, jumladan, aviataşuvlar, turizm va kiçik biznesda qisqarişlar yuz beradi.

"Qimmatbaho iste'mol buyumlari, xususan, avtomobillar sotib oliş hajmi qisqaradi. Şu bois, afsuski, vaziyat rivojlanişi yaxşi emas", - dedi u.