2020–2022 yillarda amalga oşiriladigan loyihaning umumiy qiymati $29,09 mln.ni taşkil etadi. Özbekistonning uluşi ekvivalentda $5,97 mln.ni, şu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari beriş tarzidagi ekvivalentda $4,41 mln.ni taşkil etadi, deb yozmoqda Norma.
 
7 mln Kuvayt dinori miqdorida, ya'ni $23,1 mln ekvivalentidagi KAIRF zayomi 4 yillik imtiyozli davr bilan 26 yil muddatga beriladi. Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi zayom maqsadli sarflanişi va loyiha samarali amalga oşirilişi uçun mas'ul bölgan ijro etuvçi agent, Özmedimpeks DUK esa tuziladigan şartnomalar böyiça kontragent hisoblanadi. Xizmat körsatiş va zayomni qaytariş xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
 
Bir oy muddatda 5 kişidan iborat bölgan loyihani amalga oşiriş guruhi taşkil etiladi. Soğliqni saqlaş vazirligi loyihani amalga oşirişga yordam körsatuvçi konsalting taşkilotini tanlab oliş va tibbiy jihozlar hamda asbob-uskunalarni xarid qiliş böyiça tender savdolarini taşkil etadi. 
 
Hujjat 7.03.2020 yildan kuçga kirdi.