Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi (RŞTYoIM) va Toşkent şahar «Ibn Sino» nomli 1-son klinik şifoxonasi karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boşliği Furqat Sanayevdan izoh söradi.
«Bu ma'lumotlarda faqat qisman asos bor. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining bir bölimidagi şifokor özida koronavirus infeksiyasiga şubha qilganligi bois öşa bölim ma'lum muddat ehtiyot çorasi sifatida karantinga olindi. Ammo ixtisoslaşgan tahlillar natijasi şifokorda uşbu infeksiya yöqligini körsatgandan keyin markaz bölimidagi uşbu tartib bekor qilindi. Ayni paytda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek uzluksiz faoliyat körsatmoqda.
1-son şahar klinik şifoxonasiga kelsak, koronavirusga gumon qilinib, keyinçalik Respublika Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida uşbu taşxis tasdiqlangan fuqaro ma'lum vaqt şu şifoxonada bölgan.
Ammo bir narsani ta'kidlaşni istardimki, bu ayni öşa paytda koronavirus tarqatdi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti talablariga muvofiq ravişda va qat'iy ehtiyot çorasi sifatida bu şifoxona ma'lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolaş işlari yana öz iziga tuşiriladi.
Imkoniyatdan foydalanib, yana bir bor eslatib ötamiz, vazirligimiz bu borada barça rasmiy ma'lumotlarni oçiq, oşkora soatma-soat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilib bormoqda. Şu bois, aholidan miş-mişlarga işonmasliklarini sörab qolamiz», deydi vazirlik rasmiysi.













