Vazirlar Mahkamasining “Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

2015 yil 25 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida “Toshkent kogeneratsion issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 10 yil imtiyozli davrga 40 yilda qoplash muddati bilan umumiy qiymati 12,0 milliard yapon iyenasi bo‘lgan I-II-tarkibiy qismlardan tashkil topgan UZB–P15-son qarz kelishuvi imzolangan;

“tayyor holda topshirish” shartlari bilan qurilish ishlari shartnomasi uchun yillik 0,1 foiz stavkada (I-tarkibiy qism);

konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi uchun yillik 0,01 foiz stavkada (II-tarkibiy qism).

2019 yil 18 iyulda “Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va “TRACTEBEL Engineering GmbH” (Germaniya) va “EURASIAN Consulting and Engineering Services GmbH” (Germaniya) qo‘shma korxonasi o‘rtasida “Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyiha doirasida umumiy qiymati 6,54 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolagan;

Prezidentning “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 iyundagi PQ–3857-son qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinadi;

loyihaning amalga oshirish muddati 3 yil (2020-2023 yillar) etib belgilangan.

Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning UZB–P15-son qarz kelishuvi mablag‘larini loyihani amalga oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar tasdiqlanadi:

“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;