“Toşşahartransxizmat” AJ tasarrufidagi yönalişlarda qatnayotgan avtobuslar harakat jadvaliga vaqtinçalik özgartirişlar kiritildi. 

“Toşşahartransxizmat” xabariga köra, 2020 yilning 19 martidan boşlab yölovçi oqimi keskin kamaygan vaqtlar –  soat 10:00dan 16:00ga qadar avtobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda. 

Bildirilişiça, bundan maqsad transport vositalaridan samarali foydalanişdir.

Ta'kidlanişiça, bugun butun dunyoni taşvişga solayotgan koronavirus infeksiyasi Özbekistonda ham qayd qilingani uşbu xastalikka nisbatan hukumat darajasida qarşi çoralar körişni taqozo etdi. Ayni kunda Özbekistonda karantin e'lon qilingan bölib, uşbu vaqtda virusning keng tarqalmasligi uçun barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Toşkent şahriga kelib işlayotgan, ta'lim olayotgan yurtdoşlarimiz va xorijiy mehmonlarning poytaxtda bölişlari vaqtinça çeklanmoqda. 

Jamoat transportida yölovçi oqimining keskin qisqarişi natijasida tiğiz vaqtlardan taşqari avtobuslarning yönalişlarda yölovçisiz harakatlanişi ham kuzatilayotgani aytiladi. Bu transport vositalarining sababsiz yemirilişiga, yoqilği-moylaş mahsulotlarining samarasiz sarflanişiga sabab bölayotgani qayd etilgan.