Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidul-harom va Nabaviy Masjidida ham jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatildi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus epidemiyasi oldini olish maqsadida butun dunyo musulmonlari uchun ikki bosh muqaddas qadamjo - Makkadagi Masjidul-harom va Madinadagi Nabaviy Masjidda ibodatlarni vaqtincha to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.
Bu haqda “Al-Ixboriya” telekanali xabar berdi.
Ushbu chora 20 martdan kuchga kiradi va vaziyat o‘nglanmaguncha amal qiladi.
17 martdan podshohlikda Masjidul-harom va Nabaviy Masjiddan tashqari barcha masjidlarda jamoat, jumladan juma namozlariga vaqtincha taqiqlov kiritilgandi. Endi bu ikki bosh masjid ham ibodatlar uchun yopiladi.
“Makka va Madinadagi ikki muqaddas masjid, jumladan ularning hovlilarida jamoat namozlarini ado etish vaqtincha to‘xtatiladi”, deyilgan xabarda.
Fevral oxirida Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 19 mart kuni 36 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 274 nafarga yetgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026