Toshkent talabalar shahri. Respublikaning turli chekkalaridan kelgan yoshlar yillar davomida poytaxtdagi ta'lim maskanlarida tahsil olishadi.

Ayni vaqtda shahar ko‘chalarni to‘ldirib turadigan shovqin-suron ancha tinchib qolgan. Ayniqsa, sokinlik «Yoshlik» talabalar shaharchasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Poytaxtning eng qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lgan ushbu hududda 2ta yirik oliygoh: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv binolari, shuningdek, 6ta OTMga qarashli 28ta talabalar turar joyi mavjud. Mazkur talabalar turar joylarida 8 mingdan ortiq talaba yashaydi. Har kuni taxminan 20 mingga yaqin talaba bu hududda harakatlanadi.

Ta'til e'lon qilinganidan keyin esa shaharcha huvillab qolgan. Bunday holat yilning shu davri uchun noodatiy hisoblanadi.