Joriy yilning 20 mart kuni Özbekiston xalq artisti Oybarçin Bakirova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Oybarçin Bakirova 1950 yil 27 iyunda Andijonda taniqli özbek aktyori Abbos Bakirov oilasida tuğilgan. 1971 yil Toşkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Aktrisa öz faoliyatini 1971 yilda «Özbekfilm» kinostudiyasida boşlagan. U köpçilikka taniş bölgan «Yettinçi jin», «Tangalik bolalar», «Vodillik kelin», «Armon», «Öyin» va «Farzandim» kabi önlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan.


Oybarçin Bakirova tomoşabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxşi taniş. Aktrisa bugungaça yuzdan oşiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarçin Bakirova öz faoliyati orqali 2000 yilda «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.
Vazirlik xabariga köra, bugun, şom vaqti bilan taniqli aktrisa Toşkent şahridagi «Çiğatoy» qabristoniga dafn etiladi.
Kun.uz marhumaning oila a'zolari va yaqin döstlariga ta'ziya va hamdardlik bildiradi.













