IIV Xavfsiz turizmni ta'minlaşni muvofiqlaştiriş boşqarmasi fuqarolarga ogohlantiriş bilan çiqdi.

IIV respublika hududida koronavirus tarqalişining oldini oliş, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida, Toşkent viloyati va respublikaning boşqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni söragan.

“Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilişi, ularga turli hududlardan fuqarolarning taşrif buyurişi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbirlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar uşbu joylarda virusli infeksiyalar yuqişi va tarqalişining yuqori xavfini keltirib çiqaradi.

Karantin vaqtida eng xavfsiz joy özingiz yaşab turgan uyingiz ekanligini unutmang. Özingiz, yaqinlaringiz va boşqa fuqarolarimizning soğliğini asraş öz qölingizda!” - IIV axborot xizmati ma'lumotida.

Bundan oldin, bemor telefonni ikkinçi odamga berganda, virus ham ötişi mumkin ekani xabar berilgandi.