Prezidentning 17.06.2019 yildagi PF-5742-son Farmoni bilan qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanişga kiritişda irrigatsiya va melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş uçun talab etilayotgan mablağlar, 2019-2029 yillardagi Investitsiya dasturi doirasida davlat budjetidan melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş uçun ajratiladigan mablağlarning 5 foizi miqdorida qöşimça ravişda ajratilişi belgilangan. Respublikaning har bir hududi böyiça 2020-2030 yillarda tumanlar (şaharlar) kesimida amalga oşiriladigan çora-tadbirlarning prognoz körsatkiçlari tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozişiça, hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obektlarning manzilli röyxati 1 fevralga qadar şakllantiriladi hamda Suv xöjaligi vazirligida 1 aprelga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan röyxat 15 aprelga qadar OAVda hamda Suv xöjaligi vazirligining veb-saytlarida joylaştiriladi. 
 
Bunday loyihalarni amalga oşirişni xohlovçilar (respublika fuqarolari, qişloq xöjaligi korxonalari, rezidentlar) investitsiya şartnomasi yoki davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) töğrisida bitim tuzib, obektlarni quriş va rekonstruksiya qiliş işlariga doir xarajatlarni qoplaş uçun kompensatsiya olişlari mumkin. Mazkur holatda Davlat budjetidan qişloq xöjaligiga möljallangan har bir gektar yerni foydalanişga kiritiş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 50 BHMdan (subsidiya) oşmagan holda biryöla qoplanadi  Xarajatlarning qolgan qismi investorning öz mablağlari hisobidan qoplanadi.
 
Investitsiya şartnomasida yoki DXŞ töğrisidagi bitimda quyidagilar nazarda tutilişi lozim:

quriliş va rekonstruksiya qiliş işlari röyxati va unga talab etiladigan mablağlar dastlabki miqdori;

biznes loyiha; 

har bir gektar yerga ajratiladigan subsidiyalarning BHMga karrali miqdori va boşqa majburiyatlar.
 
Loyiha taşabbuskori işlar yakunlanganidan keyin subsidiya oliş uçun Suv xöjaligi vazirligining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza-talabnoma;

amalga oşirilgan quriş va rekonstruksiya işlari xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boşqalar);