Ayni vaqtda Xitoyda epidemik vaziyat nafaqat yaxşilangani, balki hukumat uning ustidan ğalaba qozonildi, deb e'tirof etayotgani ortida şifokorlar yaqindagina virus sababli qurşovda bölgan şaharni öz burçlarini töliq ado etganlik hissi bilan tark etişgan.

Butun Xitoydan şaharga jönatilgan 3700 tibbiy xodim epidemiya vaqtida öz hayotini xavf ostiga qöyib, u yerdagi 14 ta vaqtinçalik gospital va 7 ta maxsus şifoxonaga kömak körsatgan.

Uxan joylaşgan Xubey provinsiyasi soğliqni saqlaş işlari qömitasi ma'lumotlariga köra, 21 mart holatiga, Uxanda virusga çalinganlar soni 50 ming kişi atrofida qolgan, provinsiya böylab esa bu körsatkiç 67800 kişini taşkil qilgan.

Oxirgi bir kun içida Xitoyda virusga çaliniş böyiça 46 ta yangi holat, jumladan mamlakat içida bitta va xorijdan kelganlar orasida 45 ta holat qayd etilgan.