Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Bu haqda mahkama xabarida aytilgan.

Şavkatjon Rahimov

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 23 martdagi farmoniga asosan Şavkatjon Jörayeviç Rahimov Özbekiston Respublikasi boş prokurorining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ş.Rahimov tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qişloq xöjaligi sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, fevral oyining örtalarida Özbekiston Respublikasi boş prokuroriga ikki örinbosar — birinçi örinbosar va Özbekiston Respublikasi harbiy prokurori - boş prokuror örinbosari tayinlangandi.