Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi boşqarma boşliği Azizbek Adaxamov Xalqaro press klub sessiyasida sözga çiqib, Özbekistondagi karantin çoralarining importga ta'siri haqidagi savolga javob berdi.
«Hozirgi kunda import bilan heç qanday muammolar bölayotgani yöq. Joriy yilning 20 mart kuni holatiga taşqi savdo aylanmasi 5,1 mlrd bölgan bölsa, undan 3,9 mlrd importga töğri kelyapti.
Davlat rahbari tomonidan respublika maxsus komissiyasi tuzilgan. Aholiga zarur bölgan oziq-ovqat mahsulotlari monitoringi amalga oşirilyapti.
Importning asosiy qismi hozirgi paytda transport va asbob-uskunalar – 1,6 mlrd dollar, sanoat tovarlari, kimyoviy vositalarga töğri kelyapti. Faqatgina 300 million dollarga yaqin import – oziq-ovqat mahsulotlari, tirik hayvonlarga töğri kelyapti.
Mahsulotlar xom-aşyosi 250 million dollarni taşkil etmoqda», – dedi Azizbek Adaxamov.
U aholi iste'moli uçun muhim mahsulotlar importiga oid statistikani keltirdi.
«Yil boşidan beri 7,3 million dollarlik qoramol göşti import qilingan. Asosan Belarus, Ukraina, Hindiston davlatlaridan import amalga oşirilyapti. Qoramol göşti importi bilan heç qanday muammo yöq», – dedi u.
«Un mahsulotlari importi 20 mart holatiga 76 ming tonnani taşkil qildi. Bu – taxminan 18,6 million dollarni taşkil qiladi.
Qozoğiston, Rossiya davlatlaridan un kirib kelişidan taşqari, buğdoy importi ham köproq amalga oşirilyapti. Buğdoy importi un importiga nisbatan salkam tört baravarga köproq amal oşirilyapti», – dedi Azizbek Adaxamov.













