Hujjatga ko‘ra, ushbu qaror mintaqadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanishi ortidan qabul qilindi, deb yozmoqda TASS.
«25 mart soat 00:00dan boshlab Xubey provinsiyasida, Uhan shahri tumani bundan mustasno, yo‘llardagi cheklovlar olib tashlanadi va kirish hamda chiqish uchun transport vositalari harakati tiklanadi. Xubeyni tark etgan odamlar sog‘liqni saqlash kodi asosida harakat qilishi mumkin («tszyankanma», odamning uning harakatlariga qarab infeksiya xavfini baholash dasturi - tah.)», - deyiladi hujjatda.
«8 aprel kuni soat 00:00dan Uhanda tranzit yo‘llar bo‘ylab harakatlanish cheklovlari olib tashlanadi va shaharga kirish hamda chiqish uchun transport qatnovi tiklanadi», - deyilgan bayonotda.
Uhan va Xubey provinsiyasida karantin 23 yanvardan boshlab amal qilib kelayotgandi.
Avvalroq, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ortig‘i tuzalgani xabar berilgandi.
















