Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga binoan, 23 martdan boşlab Özbekiston hududidagi barça ommaviy tadbirlar, şu jumladan bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, hamda ommaviy yiğilişlar ötkazilişi vaqtinça töxtatildi, şuningdek 24 martdan respublika hududida kuçaytirilgan tartib joriy etildi.
Koronavirus infeksiyasining respublikada tarqalişining oldini oliş maqsadida, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi barça aksiyadorlik jamiyatlariga yaqin kunlarda ötkazilişi rejalaştirilgan umumiy aksiyadorlik yiğilişlarini kuçaytirilgan tartib yakuniga qadar qoldirişni tavsiya qildi.
Bildirilişiça, bu orqali karantin munosabati bilan yiğilişlarda qatnaşiş imkoniyati mavjud bölmagan aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlari himoyasi ta'minlanişi ham kafolatlanadi.
“Sizga şuni ma'lum qilamizki, hozirgi vaqtda Agentlik tomonidan aksiyadorlarning umumiy yiğilişlarida aksiyadorlarning masofadan turib elektron ovoz beriş imkoniyatini joriy etiş töğrisidagi qonun loyihasini tayyorlandi”, - deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, koronavirus infeksiyasining tarqalişini oldini oliş maqsadida idoraviy böysunuvi va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlar:
asosiy iş faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta'tiliga çiqariş, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib ("onlayn" rejimda yoki masofaviy tarzda) taşkil etiş çoralarini körişi;
taşrif buyuruvçi şaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qöllagan holda kiritiş tartibini majburiy joriy etişi;
iş joylarida xodimlarning tana haroratini ölçaş va tana harorati yuqori bölgan xodimlarni iş joyida bölişiga yöl qöymaslik hamda uşbu xodimlar töğrisida soğliqni saqlaş organlariga zudlik bilan xabar yetkazişi;
davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bölganlar haqida darhol ma'lumot berişi, kasallangan şaxs bölgan joylarni dezinfeksiyadan ötkaziş çoralarini körişi şart ekani aytiladi.













