Ombudsmanning aytişiça, mavjud vaziyat mehmonxona va turistik obektlar faoliyatiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Bunday obektiv holatda davlat mulklarini ijaraga olgan tadbirkorlar ijara tölovlarini tölaş bilan boğliq muayyan qiyinçiliklarga duç kelmoqda.

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat aktivlari jismoniy va yuridik şaxslarga xarid tölovlarini tölaş yoki muayyan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajariş evaziga xususiylaştirib beriladi.

Biznes–Ombudsman tomonidan koronavirus pandemiyasining davlat mulkini ijaraga olgan hamda ularni investitsiya majburiyatlari bilan xususiylaştirgan tadbirkorlar faoliyatiga ta'sirini oldini oliş maqsadida quyidagilar taklif etilmoqda:

1. Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan faoliyati vaqtinça töxtatilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulklari böyiça tölanadigan ijara tölovini vaqtinça töxtatiş;

2. Davlat aktivlarini xususiylaştirişda xarid tölovlarini hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni keçiktirganlik uçun penya hisoblaş va şartnomalarni bekor qiliş tartiblarini qöllaşni vaqtinça töxtatiş;

3. Koronavirus pandemiyasi tufayli xarid tölovlari hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajariş imkoniga ega bölmagan tadbirkorlarning arizalari böyiça Davlat mulkini sotiş böyiça tender savdolari ötkazuvçi Davlat komissiyasi qarori asosida xususiylaştiriş böyiça tuzilgan şartnomalar muddatini uzaytiriş.

Özbekiston böylab koronavirus kasalligining tarqalişini oldini oliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi obektlar, jumladan ta'lim muassasalari, umumiy ovqatlaniş hamda boşqa köngiloçar obektlar faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Bundan taşqari, xorijiy davlatlar hamda şaharlararo  qatnovlar töxtatildi.