Jamiyat | 18:14 / 25.03.2020
19060
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

East Telecom kompaniyasi o‘z tarkibiga EVO internet provayderining qo‘shilishini e'lon qildi

O‘zbekistonning ikki yetakchi telekommunikatsiya operatorlari aloqa sifatini yaxshilash va innovatsiyalarni joriy etish maqsadida «ISTTELECOM» MChJ («East Telecom») yagona operator sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

Foto: East Telecom

2020 yil 20 mart kuni «East Telecom» va «EVO» O‘zbekistonda simli va simsiz internet uchun yagona yechimni taqdim etish maqsadida rejalashtirilgan o‘zgarishlar haqida yangiliklarni e'lon qildi.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan «East Telecom» va«EVO» telekommunikatsiya operatorlari alohida kompaniyalar sifatida yuqori natijalarga erishishgan. Ushbu yetakchi tarmoqlarning birlashishi simsiz va simli yechimlardagi muammolarni hal qilib, integrallashgan xizmatlar tarmog‘ini ochdi.

«Zamonaviy dunyoda tezkor harakat qilishni talab etadigan, professional va shaxsiy vazifalarni bajarish uzluksiz aloqada bo‘lishni talab qiladi, – deydi «EastTelecom» bosh direktori Li Bek Hi. – Fikrimcha, kompaniyalarimizning qo‘shilishi nafaqat raqamli ma'lumot almashish, balki ma'lumot olish sifatini yanada yaxshilash uchun ulkan imkoniyatlar yaratib beradi.

Bugungi kunda, abonentlarimiz kompaniyadan ularga alohida munosabatda bo‘lishlarini va turli xil shaxsiy imtiyozlar olishni istaydilar. Yangilangan «EastTelecom» abonentlar bilan o‘zaro munosabatlarning barcha yo‘nalishlarini, shu jumladan abonent aloqa xizmatlarini sotib olishdan oldin yoki undan keyingi har qanday aloqalarni yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Abonentlarga murojaat qilish joylaridagi ushbu o‘zgarishlar raqamli, yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish uchun asos bo‘la oladi».

Xalqaro amaliyotga asoslanib shuni ta'kidlash kerakki, raqamli iqtisodiyotda ko‘plab kompaniyalar yangi mahsulotni taqdim etish uchun turli xil texnologiyalarni birlashtirishga o‘tmoqdalar.

Texnologiyalarning birlashishi yangi biznes modelini ochish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Ommaviy tendensiyaga javoban, «EastTelecom» biznesning yangi yo‘nalishlarini, xususan IPCallCenter, Data-Center hamda elektron tijoratni hisobga olgan holda yangi strategiyani ishlab chiqmoqda. Data-Center tajriba loyihasi sifatida ishga tushirilgan bo‘lib, u nafaqat ma'lumotlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi, balki raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro standartlarga ham mos keladi.

Shu o‘rinda aytish joizki, yangilangan «EastTelecom» raqamli texnologiyaning yetakchi kompaniyalardan biri sifatida yangi davrni ochadi.

Yil oxiriga kelib kompaniya ikki brendning birlashuviga yakun yasagan holda, rebrending va tantanali marosimlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid