East Telecom kompaniyasining ma'lumot markazi, aloqa markazi, SMS shlyuz va videokuzatuv xizmatlari har qanday biznesning ishonchli faoliyati va kelajakdagi rivojini ta'minlaydi.
Hali ham davom etayotgan koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab ko‘plab, jumladan, O‘zbekistondagi kompaniyalar faoliyatiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Korxonalar, xususan, kichik va o‘rta biznes korxona va ma'lumotlar xavfsizligi, shuningdek, mijozlarni izlash, ularni yangiliklardan xabardor qilish bo‘yicha bir qator murakkabliklarga duch kelishdi. Ana shu vazifalarni hal qilish uchun telekommunikatsion kompaniyalar qulay xizmatlarni ishlab chiqadi.
East Telecom — O‘zbekiston bozorida 15 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, shuningdek, biznesning barcha turlari uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etib kelayotgan yetakchi telekommunikatsion operatorlardan biri.

24/7/365 formatidagi ishonchli ma'lumot markazi
East Telecom server va tarmoq qurilmalarini ofisda joylashtirishda vaqt va joyni tejashni taklif etadi. Shuningdek, kompaniya uzluksiz ish faoliyatini ta'minlash, elektr uzilishlari, qisqa tutashuvlar va maxsus ma'lumot markazida qizib ketishlar oldini olish uchun xizmatlarini taklif etadi.
Ishonchlilik. Bozordagi yangi kompaniyalar va kichik ma'lumot markazlaridan farqli ravishda kompaniyaning ko‘p yillik obro‘si sifatli xizmatlar ko‘rsatilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Kun davomidagi monitoring va qo‘llab-quvvatlash ehtimoldagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.
Texnik jihozlanganlik. Ma'lumot markaz infratuzilmasi jahondagi yetakchi telekom ishlab chiqaruvchisi Juniper Networks qurilmalari asosida barpo etilgan. U maxsus sovitish va dizel generatori bilan ta'minlangan. Shuning uchun qizib ketmaydi va elektr quvvati uzoq vaqt yo‘q bo‘lganida ham doimo onlayn bo‘ladi.
Kompleks yondashuv. Ma'lumot markazi har bir mijoz tomonidan berilgan vazifaga moslashuvchan yondashuvni taklif etadi. Ma'lumot markazining har qanday xizmati uchun internetga ulanish imkoniyati mavjud. Aloqa operatorini alohida izlashga to‘g‘ri kelmaydi: barcha xizmatlar va texnik ko‘makni «yagona darcha» formatida olish mumkin.











