«Maxsus komissiya qarori va Hukumat tomonidan qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi (23 mart 2020 y 176-sonli) qaroriga muvofiq, barça tadbirlar, jumladan 23-28 mart kunlariga rejalaştirilgan fan olimpiadalari ham qoldirildi. Ta'til davri tugaganidan söng öquv jarayonlariga ta'sir qilmagan holda fan olimpiadalari ötkaziladi. Bu haqda albatta ota-onalar va öquvçilar hamda pedagoglar qöşimça ravişda xabardor qilinadi», dedi Anvar Umarov.

U maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar öz hisobidan mehnat ta'tiliga çiqarilayotgani holatiga ham izoh berdi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi Farmonida belgilab berilganidek, boğça yoki boşlanğiç sinf yoşida bölgan farzandlariga uyda qarab turişlari uçun lavozimidan qat'i nazar mehnat ta'tili beriladi. Buning uçun ularga barça şaroitlar yaratilişi şart.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 176-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Xalq ta'limi vazirining 2020 yil 24 martda tegişli buyruği qabul qilindi.

Xodimlarni (maktab direktori yoki örinbosarlaridan biri, qorovuldan taşqari) mehnat ta'tiliga çiqariş, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib («onlayn» rejimda yoki masofaviy tarzda) taşkil etiş belgilandi», deya vazirlik rasmiysining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.