2025 yil 1 iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğolib va sovrindorlariga tölanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdori 5 baravarga oşiriladi. Bu haqda «Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida belgilangan.

Ma’lumot uçun, bugungi kunda eng nufuzli olimpiadada 1-örinni olgan öquvçiga BHMning 500 barobari (187,5 mln söm), xalqaro olimpiada ğolibiga BHMning 150 barobari (56,25 mln söm), mintaqaviy olimpiada ğolibiga esa BHMning 12 barobari (4,5 mln söm) miqdorida pul mukofoti beriladi.

Endilikda eng nufuzli olimpiadalarda (masalan, IMO – matematika, IBO – biologiya, IChO – kimyo, IPhO – fizika, IOI – informatika) ğolib va sovrindor bölgan öquvçilarga quyidagiça mukofot pullari beriladi:

1-örin: 937 mln 500 ming söm (2500 baravar);

2-örin: 562 mln 500 ming söm (1500 baravar);

3-örin: 375 mln söm (1000 baravar).

Şuningdek, nufuzli xalqaro reyting taşkilotlarining yuqori 100 talik röyxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy daraja) olgan 35 yoşgaça bölgan mutaxassislarga uy-joy sotib oliş uçun uy-joy joylaşgan hududdan kelib çiqib, ön yil muddatga BHM 2150 baravarigaça miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.