Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda xalqaro fan olimpiadalari ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Butunjahon nemis tili olimpiadasi (IDO)da B1 daraja yönalişida oltin medal olgan Rayyona Ibrohimova 56 million 250 ming söm, uning ustozi Muqaddasxon Qosimova 18 million 750 ming söm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur olimpiada xalqaro tan olingan 5 ta nufuzli fan olimpiadasi (IMO, IBO, IChO, IPhO, IOI) safiga kirmaydi. Lekin joriy yildan boşlab, uşbu olimpiada ham taqdirlanadigan xalqaro yondoş olimpiadalar röyxatiga qöşilgan va pul mukofoti beriladigan bölgan.
Iyul oyida Andijon tumanining Poloson mahallasida yaşovçi, öqituvçilar oilasida ulğaygan Rayyona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen şahrida ötkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgani töğrisida xabar berilgandi.
Şuningdek, marosim davomida tan olingan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) medallarni qölga kiritgan öquvçilar va ularning ustozlari ham mukofotlandi. Joriy yilda özbekistonlik öquvçilar 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza) qölga kiritdi.




Prezident qaroriga muvofiq, tan olingan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga davlat budjetidan quyidagiça bir martalik pul mukofoti beriladi:
1-örin (oltin medal) uçun:
- öquvçiga — BHMning 500 baravari (187 million 500 ming söm);
- ustoziga — BHMning 450 baravari (168 million 750 ming söm).

















