AQŞ senati 2 trln dollarni taşkil etuvçi inqirozga qarşi çoralar paketini ma'qulladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Qonun loyihasi uşbu haftada ovoz beriş uçun vakillar palatasiga qöyiladi.

Unga köra, hukumat yoşi katta amerikaliklarga 1200 dollardan pul tölaydi. Birgalikda ariza bergan er-xotinga 2400 dollar beriladi. Farzandli oilalarga har bir farzandi uçun 500 dollardan tölanadi. Yordam miqdori fuqarolarning daromadiga mos böladi — topişi yaxşi bölganlar ozroq pul oladi. Bir yilda 99 ming dollardan ortiq daromad topadiganlarga pul berilmaydi. 

Işsizlik nafaqasi haftasiga 600 dollarga oşiriladi. Işsizlarga yordam uçun jami 250 mlrd dollar mablağ yönaltiriladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli zarar körgan kompaniyalarga kredit va yordam beriş uçun 500 mlrd dollarga yaqin mablağ ajratiladi. Kiçik biznesga öz xodimlarini qisqartirmaslik şarti bilan 350 mlrd dollar beriladi.

Milliy xavfsizlik uçun öta muhim hisoblangan kompaniyalar 17 mlrd dollar oladi. Aviakompaniyalar, yuk taşuvçilar va ularning pudratçilariga grant va kreditlar körinişida 57 mlrd dollar ajratiladi.

Kasalxona va tibbiy xarajatlar uçun qöşimça moliyalaştiriş miqdori 150 mlrd dollarni taşkil etadi. Dori-darmonlar zaxirasini töldiriş uçun 16 mlrd dollar, vaksina va koronavirus infeksiyasini aniqlovçi testlarni işlab çiqarişni tezlaştiriş uçun 3,5 mlrd dollar ajratiladi.

Mahalliy hokimiyatlar 150 mlrd dollar miqdorida yordam oladi.