Ma'lum qilinişiça, mazkur gospital koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yoxud şundan gumon qilingan şaxslarni qabul qilişga möljallangan. Şuningdek, karantinga olingan şaxslarni joylaştiriş uçun joylar tayyorlanmoqda. Harbiy gospital bir vaqtning özida 1,5 ming bemorni qabul qiliş quvvatiga ega. Ayni paytda dala şaroitidagi gospitalda dam oliş, ovqatlaniş va yaşaş uçun şaroitlar hozirlanmoqda. 

Infeksiya yuqtirgan bemorlarni tibbiy pnevmatik boksga oliş, ularni davolaş uçun tibbiy anjomlar va uskunalar şay qilingan. Bemorlarga xizmat körsatuvçi xodimlar ular bilan kontakt qilmaydi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi tez fursatlarda Özbekistonda koronavirus bilan xastalanganlarni davolaş va karantin uçun önga yaqin şifoxonalar qurilişi haqida ma'lum qilgandi. Şulardan uçtasi Toşkent viloyatida taşkil etiladi.