Köpgina şaharlar va ba'zan butun boşli davlatlar karantinga olinmoqda; parvozlar, muhim xalqaro tadbirlar, sport musobaqalari va musiqa festivallari bekor qilingan.
Sönggi haftalarda Yevropa infeksiyaning yangi markaziga aylandi, dunyoning boşqa mintaqalarida esa — Lotin Amerikasi, AQŞ va Yaqin Şarqda bu holatlar soni kundan-kunga köpayib bormoqda.
25 mart holatiga virus 21 mingdan ortiq kişi hayotiga zomin bölgan va dunyo böylab 471 ming inson virusdan zararlangan, 114 mingdan ortiq kişi soğayib ketgan. Şunga qaramay, ba'zi mamlakatlar uşbu virus tarqalişini yengişga muvaffaq bölişdi.
Osiyoning ba'zi mamlakatlari, yangi virus paydo bölgan Xitoy davlatiga geografik jihatdan yaqin bölişiga qaramay, Covid-19 epidemiyasi avj olişiga tösqinlik qilişdi.
«Epidemiyani oldini oliş çoralarini körişga muvaffaq bölgan davlatlar mavjud va menimça, biz ulardan namuna olişimiz kerak», — deb hisoblaydi Jon Hopkins universiteti professori, epidemiolog Tolbert Nensva BBC bilan suhbatda.
«Men faqatgina boşqa demokratik davlatlarda tatbiq etilişi qiyin bölgan qat'iy karantin çoralarini körgandan söng yuqtirib olişlar soni keskin tuşib ketgan Xitoy davlati haqida gapirmayapman. Bir qator boşqa mamlakatlar ham virusga qarşi öz usullarini işlab çiqişdi va ular ham birdek samarali böldi», — deydi professor.

GETTY IMAGES
Masalan, Xitoyga qöşni va 23 mln aholiga ega bölgan Tayvanda koronavirus bilan kasallanişning atigi 235 holati va ikkita ölim kuzatildi.
Hongkong aholisi 7,5 million kişini taşkil etadi va u Xitoy bilan quruqlikda çegaradoş, virus Xitoydan keyin ilk bor şu davlatda aniqlandi, ammo ikki oy içida bu yerda faqatgina 411 yuqtiriş holati va törtta ölim tasdiqlandi. Şu bilan birga, sönggi kunlarda bemorlar soni yana ösişni boşlagan va yangi nazorat çoralari joriy qilingan.
Uzoq bölmagan Yaponiyada (120 million kişi) 1300 kişi yangi virusni yuqtirgan, Janubiy Koreya esa uşbu taşxisga ega bölgan 9241 bemor haqida xabar qilmoqda, ammo sönggi haftalarda infeksiyaning tarqaliş darajasi va ölim hollari sezilarli darajada kamaygan.
Professor Nensvaning sözlariga köra, uşbu mamlakatlar koronavirus tarqalişini muvaffaqiyatli töxtatib qolişdi, çunki ular tezkor harakat qilib, yangi nazorat usullarini qöllaşdi.
Eng samarali usullar qaysilar?
1. Tekşiring, tekşiring va yana tekşiring!

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST), şuningdek, BBC’ga maslahat beruvçi mutaxassislar erta taşxisni virus tarqalişi oldini olişning asosiy omili deb hisoblaşadi.
«Qança odam virusni yuqtirgani noma'lum bölsa, uning haqiqiy harakatlaniş kölamini tuşunib yetiş yoki tegişli çoralarni köriş qiyin böladi», — deydi Nensva.
AQŞning Templ universiteti epidemiologi, professor Kris Jonson ham bu mulohazaga qöşiladi.
Uning fikriga köra, aynan şu strategiya infeksiyalanişni jiddiy ravişda kamaytirişga yordam bergan: tekşirişni ma'qul körgan mamlakatlarda yuqtiriş holatlari kamaydi, ammo buni ustuvor deb bilmagan davlatlarda yangi koronavirus bilan kasallaniş keskin oşdi.
«Janubiy Koreya hukumati kuniga taxminan 10 ming kişini sinovdan ötkazdi, bu şuni anglatadiki, ular ikki kun içida tahlildan ötkazgan insonlar soni AQŞning bir oylik tekşiruvlari yiğindisidan ham köp», — dedi professor Jonson BBC bilan suhbatda.
JSST rahbari Tedros Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, koronavirus belgilari bölgan har bir kişidan tahlil oliş pandemiyani bostirişning kalitidir.
«Barça mamlakatlar uçun oddiy maslahat beramiz — tekşiring, tekşiring, tekşiring, — dedi u yaqinda bölib ötgan matbuot anjumanida. — Barça mamlakatlar barça şubhali holatlarni tekşiriş imkoniyatiga ega bölişi kerak — pandemiya bilan közlar yumuq holda kuraşib bölmaydi.
Şuningdek, u tahlillar faqat oğir va közga taşlanib turgan alomatlari bölgan odamlardan olinişiga qarşi çiqdi: bu kabi ma'lumotlar töliq statistikani oliş uçun yetarli bölmaydi. Bundan taşqari, aniq körinib turmagan alomatlarga ega bölgan yoki kasallikni yengil şaklda ötkazayotgan odamlar virusni tarqatişda davom etişadi.
2. Kasallarni izolyatsiya qiliş

Getty Images
«Janubiy Koreya va Xitoy öz fuqarolarini kuzatib boriş, sinovdan ötkaziş va karantinga olişni ajoyib tarzda uddaladi», — dedi professor Kris Jonson.
Sinov nafaqat kasallarni izolyatsiya qiliş va virus tarqalişining oldini olişga yordam beradi, balki erta bosqiçda bölişi mumkin bölgan va hozirgi kunga qadar simptomlari közga taşlanmagan yangi bemorlarni aniqlaşga yordam beradi, deydi mutaxassis.
Uning sözlariga köra, Xitoy ma'murlari kelajakda virus öçoğiga aylanişi mumkin bölgan hududlarga nisbatan «super-ogohlik» namoyiş etişgan, ehtimol, bu zararlanişlar sonini sezilarli darajada kamaytirişga yordam bergan.
«Yuqori haroratli odamlar maxsus «harorat klinikalariga» yuboriladi va u yerda Covid-19 tahlilidan ötkaziladi. Agar uşbu virus aniqlansa, ular öz oila a'zolariga yuqtirmasliklari uçun «karantinli mehmonxonalarda» izolyatsiya qilinadi», — deydi professor Jonson.
Tayvan, Singapur va Hongkong boşqaça yondaşdi: ular har qanday potensial xavfli holatga nisbatan uy izolyatsiyasi joriy qilişdi va karantin qoidalarini buzganlarga 3 ming dollardan ortiq jarima solindi.
Biroq, birinçi va ikkinçi holatda ham asosiysi yuqtirgan odamlarni aniqlaş va ehtimoliy kasallarni kuzatiş, deb ta'kidlaydi professor Nensva.
Masalan, Tayvan va Singapurda rasmiylar kasal kim bilan aloqada bölganligini kuzatiş uçun turli usullarga murojaat qilişadi — u bilan oddiy suhbatdan tortib içki xavfsizlik kameralarini tekşiriş yoki transport xarajatlari tölovlarigaça.
«12 mart kuni Hongkongda koronavirus infeksiyasiga şubha qilingan 445ta holat aniqlandi va ular uşbu tasdiqlangan holatlar bilan aloqada bölganlar orasidan ehtimoliy bemorlarni ajratib oliş uçun 14,900ta laboratoriya tekşiruvlarini ötkazişdi — ulardan 19tasida javob ijobiy çiqdi», — deydi professor.
3. Tayyorgarlik va tezkor çoralar

Bundan avval Ğarbiy Afrikada Ebola tarqalişining oldini oliş bilan şuğullangan professor Nensvaning aytişiça, virus tarqalişini aniqlaş va töxtatib qolişda eng muhim narsa — bu infeksiya aholining katta qismiga yetib borguniça tezkor harakat qilişdir.
Tayvan va Singapur kabi davlatlar şuni körsatdiki, erta taşxis qöyiş va yangi bemorlar izolyatsiyasi epidemiyaning oldini olişda hal qiluvçi omil bölişi mumkin.
Yaqinda «Amerika şifokorlari assotsiatsiyasi jurnalida» (Journal of the American Medical Association) çop etilgan maqolada Tayvanning bu boradagi muvaffaqiyati qisman orolning bunday vaziyatga tayyorligi va 2003 yilda yuqumli kasalliklar tarqalişi böyiça Epidemik nazorat markazi taşkil qilgani bilan izohlanadi.
Mintaqada SARS tarqalişidan keyin taşkil etilgan va bir neçta tadqiqot markazlari hamda davlat idoralarini öz içiga olgan uşbu Markaz bir qator öquv maşğulotlarini ötkizib, nazariy asoslarni va aniq javob usullarini işlab çiqdi.
«Harakatga tuşişga tayyor böliş va uni tezkorlik bilan amalga oşiriş — kasallik tösatdan tarqalişining dastlabki bosqiçlarida juda muhimdir. Yevropa va AQŞ misolida biz nafaqat bu mamlakatlarning tayyor emasligini kördik, ular juda sekin ta'sir ham bildirişdi», — deydi Nensva.
Yanvar oyi örtalarida uşbu yangi virusning odamdan odamga havo tomçilari orqali yuqişi tasdiqlanguniga qadar, Tayvan allaqaçon koronavirus tarqalişi boşlangan Xitoyning Uhan şahridan kelayotgan barça yölovçilarni kuzatişni boşlagan edi.
Hongkong ma'murlari 3 yanvardan boşlab barça kiriş nuqtalarida haroratni ölçaşni boşlaşgan va barça sayyohlarni 14 kunlik karantinga olişgan, şifokorlarga yaqin orada Uhanda bölib qaytgan har bir haroratli yoki nafas oliş virusi infeksiyasining alomatlari kuzatilgan bemor haqida xabar beriş buyurilgan.
«Va yana, asosiysi şundaki, ular buni vaqtida qilişgan», — deydi professor Nensva.
4. Ijtimoiy masofa

«Virus tarqalişi bilanoq, çeklov çoralari işlaşdan töxtaydi», — deb tuşuntiradi professor Nensva.
Uşbu bosqiçda Hongkong va Tayvanda qilinganidek, aholini himoya qilişning eng samarali usuli — bu ijtimoiy masofa me'yorlarini tezda kiritiş.
Hongkong rasmiylari yanvar oxirida odamlar masofadan işlaş rejimiga ötişini, maktablarni yopilişi va barça tadbirlarni bekor qilinişini e'lon qilişgan.
Ingliz tilida yuritiluvçi mahalliy Straits Times gazetasining yozişiça, Singapur hukumati maktablarni yopmaslikka qaror qildi, lekin har kuni öquvçilar va öqituvçilarning soğliğini tekşirdi va kuzatdi.
5. Gigiyenani tarğib qiliş

JSSTning ta'kidlaşiça, qöllarni muntazam yuviş va gigiyenaga amal qiliş infeksiyani yuqtirmaslikda juda muhimdir.
«Osiyoning köplab mamlakatlari 2003 yilda SARS tarqalişidan keyin xulosa çiqarişgan. Uşbu mamlakatlarda odamlar kasallikka duçor bölmaslik va uni birovga yuqtirmaslik uçun gigiyenaga rioya qiliş kerakligini anglab yetişgan», — deydi şifokor.
Singapur, Hongkong va Tayvan kabi mamlakatlarda şundoqqina köçaga örnatilgan antibakterial gelga ega maxsus dispenser mavjud va ularda profilaktika maqsadida niqob kiyiş juda ommalaşgan.
Vaholanki, niqoblar infeksiyalanişni oldini olişda unçalik samarali bölmasa ham, allaqaçon virusni yuqtirgan odamning aksiriş va yötaliş orqali atrofga zararli tomçilar tarqatişi xavfini kamaytiradi.
Qarşiyeva Nazokat tayyorladi













