Bloomberg axborot agentligining yozişiça, bunga fond bozoridagi ijobiy dinamika sabab bölgan. Bozordagi vaziyat sababli bunday ösiş tarixiy rekord hisoblansa-da, Arnoning umumiy boyligi joriy iqtisodiy inqirozgaça bölgandagidan ança kamroqni taşkil qilmoqda.

Eng boy yevropalik koronavirus epidemiyasi va neft qadrsizlanişi bilan boğliq vaziyat oqibatida bozorlar qulaşidan eng köp aziyat çekdi. 2019 yil yozida uning boyligi 100 mlrd dollardan köproqqa baholangandi. Biroq joriy fevralda Arno superboylar (boyligi 100 mlrd dollardan köproqni taşkil qiluvçi boylar) qatoridan çiqib ketdi. 25 mart holatiga köra, uning boyligi 70 mlrd dollarga baholangan.  

Şuningdek, amerikalik sarmoyaçi Uorren Baffetning kapitali fond bozoridagi ösiş natijasida yana 6,5 mlrd dollarga, Inditex asosçisi, ispaniyalik biznesmen Amansio Orteganing boyligi esa 5,9 mlrd dollarga köpaygan. 

Oxirgi bir oy içida dunyoning eng boy 20 odamining umumiy boyligi  koronavirus epidemiyasining bozorlarga ta'siri natijasida 300 mlrd dollarga kamaygandi.