Uçraşuvda vazirlik rahbariyati — birinçi örinbosar Ilhom Norqulov, örinbosar Gulnora Rahimova hamda Ğaznaçilik qömitasi raisi Abdulaziz Haydarov iştirok etdi. Suhbat davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boşqaruvi jarayonlariga, xususan, davlat xaridlari jarayonlariga tatbiq etiş istiqbollari körib çiqildi va bu yönalişda koreyalik ekspertlarni jalb qiliş rejalari belgilab olindi.
Tomonlar ekspertlik hamkorligiga alohida e’tibor qaratdilar: bilim va tajriba almaşinuvi, konsultativ qöllab-quvvatlaş mexanizmlari muhokama qilindi. Şuningdek, AI markazlarini taşkil etiş, texnologik yönalişlarda malakali kadrlar tayyorlaşga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari kelişib olindi.
Uçraşuv yakunida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida şeriklikni yanada mustahkamlaşga sodiqlik tasdiqlandi.













