Özbekiston hukumati 2030 yilgi yalpi içki mahsulot hajmi böyiça prognozni yaxşilab, 160 mlrd dollardan 200 mlrd dollargaça kötarişi mumkin. Bu haqda makroiqtisodiy körsatkiçlar masalasida prezident huzurida ötgan yiğilişdan keyin iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov ma’lum qildi.
“Prezidentimiz 2030 yilga borib YaIMni 160 emas, bemalol 200 mlrd dollargaça olib çiqişimiz, aholi jon boşiga töğri keladigan YaIMni 4000 dollar emas, 5000 dollardan ham köproq miqdorga olib çiqiş imkoniyatlarimiz borligini körsatib berdilar”, – dedi Norqulov “Özbekiston 24”ga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, inflatsiya böyiça prognozlar ham qayta körib çiqilgan.
“Prezidentimiz tomonidan 2025 yildagi davlat budjetini şakllantiriş va uning ijrosini ta’minlaşda tejamkorlik va barqarorlikka rioya etiş, eng asosiysi, davlat budjeti taqçilligini 3 foizgaça tuşiriş, inflatsiya darajasini 7 foizdan oşirmaslik vazifasi qöyildi. Inflatsiya 2026 yilda 5-6 foiz darajasida saqlanişi va 2027 yildan boşlab 5 foiz va undan past bölişi kutilyapti”, dedi vazir örinbosari.
Ilhom Norqulovning qöşimça qilişiça, Özbekistonning suveren reytingini investitsion darajaga olib çiqiş böyiça ham topşiriq berilgan. U 2024 yil yakunlari böyiça YaIM hajmi 111 mlrd dollarga yetişi kutilayotganini aytdi.
Rasmiylarga köra, 9 oylik yakunlariga köra iqtisodiyot 6,6 foizga ösgan, yil yakunigaça ösiş kamida 6 foiz bölişi kutilmoqda.
Avvalroq Statistika agentligi, Jahon banki missiyasi bilan birgalikda, yaşirin iqtisodiyotni ham inobatga olgan holda YaIM hajmini qayta baholaşdan ötkazgan edi. Natijada Özbekiston iqtisodiyotining 2023 yildagi hajmi dastlab e’lon qilingan 90,8 mlrd dollar emas, 101,6 mlrd dollar bölgani qayd etildi.
Uşbu raqamni inobatga olganda, rasmiy xabarlarda aytilayotgan ikki raqam – 2024 yilda 6 foizlik ösiş kuzatilib, YaIM hajmi 111 mlrd dollarga yetişi bir-biriga nomutanosib körinadi.













