“Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarining asosiy prinsiplari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
aholini ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta'minlashning ustuvorligi;
ichimlik suvi bilan ta'minlash va oqova suv xizmatlari sohasiga sarmoyalarni (investitsiyalarni) jalb etish uchun sharoitlar yaratish, sarmoyalar (investitsiyalar) qaytarilishi kafolatlarini ta'minlash;
markazlashtirilgan ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari tizimining texnologik va tashkiliy yagonaligi va butunligini ta'minlash;
ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, va ularning abonentlarining iqtisodiy manfaatlari muvozanatiga (balansiga) erishish va rioya qilish;
ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy asoslangan sarf-xarajatlaridan kelib chiqqan holda ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasidagi tariflarni belgilash (o‘rnatish);
ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror va huquqlarni cheklamaydigan sharoitlarni ta'minlash;
abonentlarning ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlariga teng sharoitlarni ta'minlash;
ichimlik suvi ta'minoti masalalarining davlat nazorati va davlat tomonidan tartibga solinishi;
ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalarning, uy-joy kommunal xo‘jaligining davlat boshqaruvi organlari, suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlariga ularning vakolatlari doirasida hisobdorligi;
ichimlik suvi ta'minoti tizimlarining texnologik xususiyatlari va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan yagona standartlar va normalar asosida ichimlik suvi ta'minoti manbalarini tanlashni hisobga olgan holda ularning xavfsizligi, ishonchliligi va boshqarilishini ta'minlash;














