Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalarini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ–4633-son “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:
paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalarini tashkil etish hamda mazkur kooperatsiyalarning asosiy vazifalari belgilangan;
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paxta xomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi.
Paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlar hamda mazkur hududlarda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari (ixtisosligi bo‘yicha) ro‘yxatini;
b) “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini aniqlaydi;
v) “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda:
paxta tozalash korxonalaridagi davlat ulushlarini nominal va balans qiymatlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali hududiy Davlat aktivlari boshqarmalariga berilishini ta'minlaydi;
kooperatsiya tarkibiga kiritiladigan korxonalarning ustav kapitaliga kiritilmagan faoliyat yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan yer maydonlari, bino-inshootlari va mol-mulklarini mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilmagan tegishli hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriylik asosida kooperatsiyalarni tashkil etilishini, kooperatsiyalarning ta'sis yig‘ilishlari o‘tkazilishini, ta'sis hujjatlari tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026