Qaşqadaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorlik bölimi tezkor xodimlari koronavirus infeksiyasi bilan boğliq asossiz va yolğon ma'lumot va xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda tarqatib kelayotgan şaxslarni aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda.

Yaqinda Telegram messenjerida oçilgan bir yarim mingdan ortiq a'zosi bölgan «Qashqadaryoliklar group» guruhida «Otabek aka» nomi bilan oçilgan profil egasi guruhda e'lon qilingan «Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oşib, ularning umumiy soni 55 nafarni taşkil etmoqda» deb nomlangan xabarga javoban «E-e, odamlarni aldaşdan nima foyda? 1000 dan oşib ketgan-ku kasallanganlar Özbekistonda. Töğrisini aytiş kerak, odamlar şunga qarab çiqmaydi köçaga. Kelmas ekan deb yuribdi köçada» degan izohlarni yozib qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, telegram ijtimoiy tarmoğidan «Otabek aka» nomi bilan röyxatdan ötgan fuqaro Şahrisabz şahri, «Uymovut» MFYda yaşovçi Otabek O. ekanligi aniqlangan.

Fuqaro Otabek O. bilan mazkur holat yuzasidan suhbatlaşilganda u bu xabarni heç bir asossiz yozganligini, Toşkent şahridan kelgan mahalladoşlaridan «Toşkentda vaziyat yaxşi emas», degan gaplarini eşitgani uçun kasallanganlar soni köp bölsa kerak, deb öylaganligini, şu sabab «kasallanganlar soni 1000 dan oşib ketdi», deb Telegramdagi guruhda öziga tegişli «Samsung Galaxy S8» apparati vositasida yozganligini ma'lum qilgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan fuqaro Otabek O.ga nisbatan Şahrisabz tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant L.Möminov tomonidan joriy yilning 27 mart kuni ÖzR MJtKning 205-moddasi asosida ma'muriy iş hujjatlari töplangan va sudga yuborilgan, deb xabar qilmoqda Qaşqadaryo viloyat IIB axborot xizmati.

Ma'muriy işlar böyiça Çiroqçi tuman sudining 2020 yil 27 mart kunidagi qaroriga asosan fuqaro O.R.Oymamatovga nisbatan ÖzR Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 205-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi qöllanildi.