Ayni paytda niqoblar işlab çiqarişda asosiy xomaşyo - spunbondga jahon bozorida ham talab katta. Özbekiston içki bozorida niqoblarning savdoda kamayib qolgani yoki dorixonalarda narx oşişi ularning mamlakat içkarisida işlab çiqarilişi bilan boğliq emas. Şunga qaramay, mutasaddilar işlab çiqariş hajmini oşirib, narxni tuşirişga urinmoqda.
Kun.uzʼga ma'lum bölişiça, korxonalarni sintetik xomaşyo bilan ta'minlaş va himoya vositalarini öz vaqtida işlab çiqarişni taşkil qiliş uçun xomaşyoni XXRdan havo va temir yöl orqali olib kiriş masalasi işlab çiqilmoqda. Tez orada maxsus reys orqali kerakli materiallar keltirişi yuzasidan diplomatik muzokara davom etmoqda.
Şu paytga qadar, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Farğona vodiysi viloyatlarida yirik işlab çiqaruvçilarning jalb qilinişi natijasida, sintetik xomaşyoning yangi işlab çiqarişi yölga qöyildi. Bir oydan kam vaqt içida, kunlik niqoblar işlab çiqariş 500 ming donadan 2,0 million donaga oşirildi. Uşbu mahsulotlarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar qisqa fursatda 89taga köpaydi.
Spunbond, doka va trikotajdan işlab çiqarilayotgan himoya niqoblari bilan bir qatorda, sanoat korxonalari kuniga 100 ming donadan niqob va dizaynerlik buyumlari, xususan, gigiyena maskalarini işlab çiqarişni boşlagan.
Sanitariya sertifikatiga ega bölgan Toşkentdagi beşta xususiy korxona notöqima sintetik materiallardan kiyim-keçak işlab çiqarişni boşladi. 25 mart holatiga köra, korxonalarning umumiy işlab çiqariş quvvati kuniga 24 ming donaga yetdi. Mart oyining boşidan boşlab, içki bozorda 125 ming dona himoya kiyimlari sotildi.













