– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça çora sifatida Toşkentda jamoat transporti çeklangan edi. Şunda aholi örtasida taksi bahosi ortib ketişi yuzasidan xavotirlar paydo böldi. Birinçi kuni çindan ham şunday vaziyat röy berdi.
Transport vazirligi Toşkent şahar boşqarmasi bu kabi holatlarning oldini oliş uçun yirik taksi kompaniyalari bilan muloqot olib bordi. Xususan Yandex kompaniyasining Moskvadagi vakolatxonasi bilan boğlanib, Yandex Taxi xizmatida narxlarning talabga köra oşib ketiş funksiyasini öçirişga muvaffaq bölindi. Xuddi şunday tuşuntiriş işlari MY Taxi kompaniyasi bilan ham olib borildi.
Hozirgi kunda karantin paytida fuqarolarimiz faolligi pasayganligi tufayli Toşkent köçalarida taksi narxlarining tuşişi kuzatilmoqda – dedi N. Aşurmatov sohadagi bugungi vaziyatni izohlarkan.











