Zaynudin Osmanov Doğistondagi xususiy klinikada tiş şifokori bölib işlaydi. U oddiy doktor emas, deya hikoya qiladi Youtube tarmoğida 726 ming öquvçiga ega «Alif TV» kanali.
Doğistonlik tiş şifokori Zaynudin juma kunlari faqat puldan qiynalgan bemorlarni qabul qiladi va ularni bepul davolaydi.
Bunday bemorlar köpayganda ularga boşqa kunlar ham tekinga xizmat körsatadi. Şifokor yigitning qabuliga juma kuni 4-5 nafargaça bemorlar kelişadi.
Zaynudin uning oldiga noçorlar va nogironlarni Yaratganning özi yuborişiga işonadi.
«Bu işni boşlaganda «Umid fondi» vakillari bilan gaplaşdim. Ular menga puldan qiynalgan bemorlar topib bera boşlaşdi. Şu bilan boşlanib ketdi», deydi Zaynudin.
Bemorlardan birining aytişiça, Zaynudinga instagramdan yozgan va şifokor uni çaqirişiga unçalik işonmagan: «Instagramda bu yigit tekinga davolayotgani haqida öqidim va unga xabar yozdim. Töğrisi, boşida javob berişiga işonmadim. Bir kuni u qönğiroq qildi va meni juma kungi qabulga yozganini aytdi. Mana, davolanyapman. Undan Xudo rozi bölsin», deydi Zaynuddin bepul davolayotgan Sekina Pulatova.
Yigitning qilgan işlari «Rossiya faxri» loyihasi mualliflari e'tiborini tortdi. Endilikda Zaynudin Osmanov «Rossiya faxri» mukofotini olgan 1 700 dan ortiq qahramonlar safiga qöşildi.
Şifokor yigitning qilgan işlari odamlar orasida tezda maşhur bölib, Doğistonda yana bir neça doktor bemorlarni tekinga davolaş uçun öz xizmatlarini taklif qila boşladi.











