Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon turizm sohasida 75 mln ish o‘rni yo‘qolishi mumkin
Jahon sayohat va turizm kengashi G20 mamlakatlarini turizm biznesini qutqarish uchun qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
Koronavirus sababli jahon turizm sohasida 75 mln ish o‘rni yo‘qolishi mumkin. Bu haqda Jahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) G20 mamlakatlari virtual sammitida ma'lum qildi.
Kengash G20 mamlakatlarini turizm biznesini qutqarish uchun qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
WTTC resurs ajratish va yirik turistik kompaniyalar – avia va kruiz kompaniyalari, global bronlash tizimlari, otelerlar, turoperatorlar va agentlar, restoratorlarni saqlab qolish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. Qayd etilishicha, bu 330 mlndan ortiq kishining ish o‘rnini saqlab qolishga yordam beradi.
26 mart kuni G20 mamlakatlari virtual sammitida koronavirus pandemiyasi va uning iqtisodiyot, moliya hamda ijtimoiy sohalardagi oqibatlariga qarshi kurashish uchun 5 trln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
21:36 / 19.03.2026