Bugun, 31 mart kuni AOKA qoşidagi maxsus ştabda taşkil etilgan onlayn brifingda Adliya vaziri Ruslan Davletov transportdan foydalaniş uçun maxsus ruxsatnoma oliş tartibi töğrisida ma'lumot berdi.

«2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma(stiker)lar asosida harakatlanişi mumkinligi belgilandi.

Şunga köra, Toşkent şahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 27 ming dan ortiq murojaat qabul qilindi.

Toşkent şahri DXMlarida 4500 dan ortiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda esa 3200 ga yaqin fuqarolar taşrifi kuzatildi», - deya ma'lumot berdi Ruslanbek Davletov.

Bundan taşqari, Ruslanbek Davletov OAV vositalari xizmat maşinalari uçun ham maxsus stiker oliş talab qilinişi va keçagi holatga köra, OAVlar uçun jami 128 ta stiker berilganini ma'lum qildi.

Adliya vazirining sözlariga köra, avtotransportdan foydalanişni çeklaşdan maqsad aholining uyda qolişini ta'minlaşdan iborat.

«Biroq agar fuqarolar har xil yöllar va öylab topilgan sabablar bilan yana köçaga intilsa, unda karantin samarasi juda past böladi», - dedi Ruslan Davletov.

 Şuningdek, Ruslan Davletov maxsus ruxsatnomani berişda heç qanday tölov undirilmasligini ham ta'kidlab ötdi.

 Eslatib ötamiz,  avtotransport vositalarini boşqariş uçun beriladigan ruxsatnoma (stiker) uçun arizani masofadan turib, onlayn tarzda topşiriş böyiça tizim joriy etildi. Buning uçun talabgor tomonidan onlayn şaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sörovnoma töldirilişi lozim.