Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi Törtköl tumanida töy marosimida qatnaşib, Qozoğistonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi. 

Ma'lum qilinişiça, Qozoğistondan 14 mart kuni kelgan mehmonlar 18 mart kuni töy marosimida qatnaşgan, jami 20 nafar qozoğistonlik 25 mart kuni Özbekiston hududini tark etgan. Törtköl va Ellikqal'a tumanlarida uşbu şaxslar bilan körişgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.

Bayonotda qayd etilişiça, Özbekistonda bölib qaytganidan keyin koronavirus taşxisi qöyilgan qozoğistonlik ayol haqida OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan Qozoğistonning tegişli idoralari tomonidan Özbekistonga rasmiy ma'lumot kelib tuşmagan. 

Lekin mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga asoslanib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi tomonidan guruh taşkil etilib, çuqurlaştirilgan profilaktik çora-tadbirlar (epidemiologik suriştiruv) ötkazilmoqda.

Tadbirlar davomida quyidagilar aniqlangan:

2020 yil 14 mart kuni Qozoğiston Respublikasida doimiy yaşovçi 20 nafar fuqaro (şularning 3 nafari voyaga yetmagan) mikroavtobusda Qoraqalpoğiston Respublikasiga mehmonga kelib, şularning Yesik şahridan bölgan 16 nafar fuqaro (2 nafari voyaga yetmagan) Törtköl tumani «Tozaboğyop» OFYda yaşovçi fuqaroning uyida mehmon bölib qolgan.

Taroz şahridan bölgan 4 nafar fuqaro (1 nafari voyaga yetmagan) Ellikqal'a tumani «Ellikqal'a» OFYda yaşovçi fuqaroning uyiga mehmonga ketgan.

Qozoğistonlik fuqarolarning Özbekistonga kelişdan maqsadi töy marosimlarida iştirok etiş bölgan.

14-25 mart kunlari oraliğida Törtköl tumanida bölgan fuqarolar 3 xonadonda mehmonda bölib, 2020 yil 18 mart kuni nikoh töyda qatnaşgan.

Ellikqal'a tumanida bölgan fuqarolar 2 xonadonda mehmonda bölgan.

Qozoğiston Respublikasidan mehmonga kelgan 20 nafar fuqaro 2020 yil 25 mart kuni Törtköl tumanidan Toşkent viloyatining «Ğiştköprik» çegara posti orqali Qozoğiston Respublikasiga çiqib ketgan. Yölda ketayotib heç qayerda töxtamagan, boşqalar bilan muloqot qilmagan, özlarining yonida bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilgan.