Sinovlar ikki turga bo‘linadi: kishi boshiga tushadigan sinovlar, xalqlar boshiga keladigan sinovlar.
Xalq boshiga tushadigan ba'zi sinov shunday sinovki, bunda yakka kishining omonligi xalqning omonligi bilan yaqqol bog‘lanib qoladi. Ya'ni, oddiy holatda «men salomatman, ishlarim yaxshi, shunisi men uchun yetarli» deydigan kishi, ommaviy sinov kelganda, nogahon bunday deya olmay qoladi. Chunki, qarasa, xalqi omonlikda bo‘lmasa, u o‘zi va oilasi salomat bo‘lolmas ekan.
Ana shunda har bir kishi kimsasiz orolda emas, balki jamiyatda, yagona tana ichida yashayotganini o‘zi uchun kashf etadi... «Xalq «cho‘ksa», men ham cho‘kar ekanman» degan, avval anglanilmagan haqiqat... «yalt» etib ongini yorishtiradi.
Bu – katta sinov kelgandagina «yalt» etadigan haqiqat – qay vaznga ega? Aftidan, katta vaznga ega. Bu haqiqatni odamlarga eslatish uchun nimalar yuz berishi mumkinligini shu tobda... ko‘rib turibmiz... Mana shu bizga isbot.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yon qo‘shnisi ochligini bilaturib, to‘q uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi».
Rivoyatda kelgan og‘ir ma'noga ko‘zlarimizni katta ochib, yana bir nazar tashlaylik: «Yon qo‘shnisi ochligini bilaturib, to‘q uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi...»
Endi holimizga qaraymiz...
Borliqni yaratgan Zot bizga O‘z ta'limotida asl jamiyat qanday bo‘lishini, asl jamiyat a'zosi... qo‘shnisi och bo‘lsa, tinch uxlolmasligini bildirib, haqiqiy jamiyat qanday tamoyillar ustiga qurilishini bildirdi... Ana shunday tamoyillarga qurilgan jamiyat – muvaffaqiyatli jamiyat. Biz... qanday jamiyatmiz? Qaysi tamoyillarga qurilgan jamiyatmiz?
Asl jamiyatni qurish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar – instruksiyalar kitoblarda qolib ketdi. «O‘zim, oilam omon bo‘lsa bo‘ldi, ostonamdan naryog‘i mening uyim emas» degan dunyoqarash... dunyoqarashimizga aylandi. Holbuki...















