Gözal Rahmatullayeva – Toşkentdagi karlar jamiyati surdotarjimoni. Ayni şu yönalişda 10 yildan buyon faoliyat yuritmoqda.
Koronavirus mavzusida taşkil etilayotgan kunlik brifinglar çoğida Gözal bilan qisqa suhbat qildik.

– Gözal, ançayin kamyob bölgan bu kasbni tanlaşingizga nima sabab bölgan?
– Taqdir sabab bölgan. Aniqroq aytadigan bölsam, otam ham, onam ham eşitiş böyiça nuqsoni bor odamlar. Har ikkisi ham karlar jamiyati a'zosi. Bolaligimda şu muhitda katta bölganim kasb tanlaşimga ta'sir qilgan.
– Surdotarjimonlarni tayyorlaydigan qandaydir ta'lim maskani bormi?
– Bu sohada işlaş uçun oliy ma'lumot şart emas. Şaxsan men özim karlar jamiyatida 3 oy öqib örganib, sertifikat olganman. Mana şu hujjat asosida faoliyat yuritaman.
– Tarjimada surdotarjimonning oğiz qimirlaşi asosiy gapni gapirayotganday qimirlaydimi? Masalan, «assalomu alaykum» deyilganda siz ham oğzingizni «assalomu alaykum» deb qimirlatasizmi?
– Efirda yuqori samaraga erişiş uçun oğiz qimirlaşi, ya'ni artikulyatsiya kerak böladi. Oddiy muloqotda bu şart emas. Savolingizga kelsak, gapiruvçining oğiz qimirlaşi bilan surdotarjimonning oğiz qimirlaşi mos keladi, ya'ni «assalomu alaykum» deyilganda men ham oğzimni «assalomu alaykum» deb qimirlataman.
– Televideniyeda ilk marta işlaşingizmi?

– 2018 yilda ham bir tok-şouda iştirok etganman. Ötgan yilgi saylovlarda ham «Mahalla», «Özbekiston», «Yoşlar» va «Özbekiston24» telekanallari orqali 1 oydan ortiq efirga çiqdim. Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, surdotarjima zarurligi böyiça BMT TD Özbekistondagi vakolatxonasi taşabbusiga köra yana efirga taklif qilişdi.
Yaxşi maoş ham va'da qilişdi – bilişimça, bu mablağ yuqoridagi vakolatxona tomonidan ajratilgan.
– Savolim juda oddiy tuyilişi mumkin. Bir neça yil oldin qiziqçilarimizdan biri surdotarjimonlarni hajv qilgandi... Surdotarjima biror-bir harakatning qöllardagi taqlidiga asoslangan, deb böladimi?















