Özbekistondagi markaziy masjidlarida imkoniyati çeklangan fuqarolar, eşitiş va nutq a'zolarida nuqsoni bor kişilar uçun Juma mav'izasi Surdo tarjimon vositasida masjidda töğridan-töğri körsatiladi. Buning uçun Respublikaning har bir hududidagi markaziy masjidda Juma mav'izalarini surdo-onlayn uzatiş imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar qilmoqda.

Bunda masjid taşqi qismiga muayyan toifaga mansub nogironligi bor kişilar uçun maxsus imkoniyatlar mavjudligini bildiruvçi xalqaro belgi qöyiladi. Juma namoziga kelgan imkoniyati çeklangan fuqarolar özlari uçun belgilangan joyda monitorlarda imom-xatibni, uning yonida esa surdo tarjimon harakatlarini kuzatib boriş imkoniga ega böladilar.
25 yanvar kuni ilk bor Toşkent şahrining “Şayx Zayniddin”, Toşkent viloyatining “Çirçiq markaziy jome masjidi”, Samarqand viloyatining “Xöja Işoq Valiy” jome masjidlarida Juma mav'izalari töğridan-töğri surdo tarjimon vositasida tuşuntirib berildi.
Kelgusi juma namozi — 1 fevraldan respublika böylab 25 ta jome masjidda maxsus surdo-onlayn tarjimalar taşkil etilişi belgilangan. Mazkur loyiha bosqiçma-bosqiç keyinçalik har bir viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
















