«Kasallikning yaşirin davri deganda virus organizmga tuşgandan keyin klinik belgilar namoyon bölgunga qadar davom etadigan muddat tuşuniladi. Koronavirusning yaşirin davri 14 kun deb belgilangan.

Tibbiy kuzatuvlarimizdan ma'lum bölmoqdaki, qariyb 95-97 foiz holatlarda koronavirusning klinik belgilari virus yuqqandan keyingi 10-, 12-kunlarda namoyon bölişni boşlayapti», dedi Nurmat Otabekov 5 aprel kungi brifingda.

Ma'lumot uçun, koronavirusning asosiy klinik belgilari – tana haroratining kötarilişi, quruq yötal va nafas qisişi hisoblanadi.

Nurmat Otabekov koronavirus bemor tanasida jiddiy asoratlar qoldirişi haqidagi miş-mişlarni rad etdi.

«Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan söng miya yemirilişi, bepuştlik kabi asoratlar qoladi, degan ma'lumotlar tarqamoqda. Bularning barçasi asossiz. Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanişmagan holda bunday gaplarni tarqatmaslikni sörardim», deya ta'kidladi boş sanitariya inspektori.