Irlandiya boş vaziri Leo Varadkar koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda Milliy sanitar xizmatiga (HSE) yordam beriş uçun haftada bir marta şifokor bölib işlaşga qaror qildi.
Bu haqda öz manbalariga tayanib The Irish Times naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Varadkar şifokorlar oilasida voyaga yetgan. Uning otasi terapevt, onasi hamşira, singillari ham tibbiyot sohasida işlaşadi. Uning özi esa Dublindagi Triniti kollejida tayanç tibbiy ma'lumot olgan. 2010 yilda unga umumiy amaliyot şifokori, ya'ni terapevt diplomi topşirilgan. Biroq 2013 yilda Varadkar siyosat bilan şuğullanişni boşlagandan keyin şifokorlar reyestridan çiqarilgan.
Ayni vaqtda Irlandiya boş vaziri öz iltimosiga köra bu röyxatda yana tiklangan. Varadkar haftada bir marta şifokorlik amaliyoti bilan şuğullanmoqçi.
Varadkar avvalroq mamlakat fuqarolarini koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun 12 aprelgaça uylarida qolişga çaqirgan.
Ayni vaqtda Irlandiyada koronavirusga çalinganlar soni 5 mingga yaqinni, vafot etganlar 158 nafarni taşkil qilmoqda.














