Safoyev: «O‘z vaqtida choralar ko‘rilmasa, Ikkinchi jahon urushidagidan ham ko‘proq zarar ko‘rilishi mumkin»
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida hukumat koronavirusga qarshi barcha choralarni ko‘zda tutgani va maksimal darajada harakat qilayotganini ta'kidladi.

Foto: Xalqaro press-klub
«Darhaqiqat, bugun muammo haqida qancha gapirsak ham ko‘p bo‘lmaydi. Vaziyat murakkab. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda vaziyat juda og‘ir.
Koronavirus bilan kurash bu hazilakam gap emas. Kurashimiz jiddiy bo‘lishi kerak. Hukumat barcha vazifalarni qilmoqda. Shunday bir og‘ir vaziyatda davlatimiz rahbari o‘ktamlik va jasorat bilan qarorlar qabul qilmoqda», dedi senator.
Sodiq Safoyev kutilayotgan iqtisodiy zarar miqdori va hukumat tomonidan yo‘naltirilgan mablag‘ masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Agar biz o‘z vaqtida choralarni ko‘rmasak, ikkinchi jahon urushidagidan ham ko‘proq zarar ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston hukumati ajratgan mablag‘ ayrim boy davlatlarning koronavirusga qarshi kurash uchun ajratgan puldan ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emas. Hukumat koronavirusga qarshi barcha choralarni ko‘zda tutgan va maksimal darajada harakat qilmoqda», - dedi Safoyev.
Senator shunday murakkab vaziyatda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga gumanitar yordam ko‘rsatishining ahamiyatiga to‘xtaldi.
«Markaziy Osiyodagi vaziyat shundayki, qo‘shnilar tinch bo‘lmasa, bu O‘zbekistonga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Chunki, davlatlar o‘rtasida qo‘shnilik va qarindoshchilik munosabatlari bor.
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonga koronavirus uchun kurashda yordam bermoqda», dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev

13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi

15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev

12:22 / 28.08.2024