Bu haqda epidemiologlar olib borgan tadqiqotga tayanib The IrishTimes naşri xabar berdi.
Tahlil davomida olimlar 178 ta davlatda koronavirusdan öliş darajasi va sildan BsJ (Bacillus Calmette-Guérin, Kalmet-Geren batsillasi) vaksinatsiyasi dasturi mavjudligini taqqoslaşgan.
“15 kunda koronavirusdan kasallaniş holatlari BsJdan emlaş dasturi amal qiladigan davlatlarda bir million kişiga 38 kişini, bu dastur mavjud bölmagan davlatlarda esa bir million kişiga 358 kişini taşkil qilgan. Şuningdek, BsJ dasturi mavjud davlatlarda ölim darajasi bir million kişiga 4,28 kişini va bu dastur bölmagan davlatlarda 40 kişini taşkil qilgan”, deb aytgan olimlardan biri Pol Xegarti.
Ta'kidlanişiça, tadqiqot köp jihatdan statistik bölib, uning natijasini talqin qilişni qiyinlaştiruvçi omillar mavjud bölişi mumkinligi sababli bir qator qöşimça şartlarga ega bölgan. Xegartining aytişiça, xatolar ehtimolini kamaytiriş uçun mutaxassislar davlatlar böyiça koronavirusdan kasallaniş statistikasini körib çiqib, ularni taqqoslaşgan.
“Biz bunday katta farqni körişni kutmagandik”, deb aytgan olim.
Avvalroq boşqa bir amerikalik epidemiologlar xuddi şu kabi tadqiqot ötkazib, turli davlatlarda koronavirusdan öliş bilan bu davlatlarda sildan vaksina BsJ qança vaqtdan beri va qançalik keng qöllanişi örtasidagi boğliqlikni aniqlaşgan. Bunda sildan emlaş virusga çaliniş darajasini kamaytirişi aniqlangan. Olimlarning fikriça, ölim va kasallaniş holatlarining kamligi bu emdorini koronavirusga qarşi kuraşdagi boş vositalardan biriga aylantirişi mumkin.













